Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Sunʼiy intellekt

Google Hydrogen kod nomi ostidagi tezkor Gemini modelini sinovdan oʻtkazmoqda

Google xodimlariga Hydrogen modelidan ichki sinovlar uchun foydalanish imkonini berdi, deb xabar bermoqda Business Insider. Model tezlik va samaradorlikka urgʻu berilgan holda ishlab chiqilmoqda.

12-noyabr, 21:03По-русски

Read in English

Google / storage.googleapis.com

Hydrogenʼdan foydalanish imkoniyati Googleʼning ichki Google Jetski platformasi orqali taqdim etildi. Xodimlarga yuborilgan xabarda Google muhandisi modelni tezkor va samarali deb taʼriflagan. Nashr tezlik koʻrsatkichlari va qiyosiy testlar natijalarini keltirmadi.

Hydrogenʼni sinab koʻrgan Google xodimi uni Gemini Flash modellari bilan taqqosladi. Bu turkum tezkor javob va soʻrovlarni qayta ishlash xarajatlarining pastligi muhim boʻlgan vazifalar uchun moʻljallangan. Modelning rasmiy nomi va Gemini turkumidagi oʻrni hozircha nomaʼlum.

Sinovlar haqida Gemini 4 Carbon taqdim etilganidan koʻp oʻtmay maʼlum boʻldi. Google Carbonʼni 10-noyabr kuni murakkab, koʻp bosqichli vazifalar, jumladan, dasturiy taʼminot ishlab chiqish va ilmiy tadqiqotlar uchun moʻljallangan model sifatida taqdim etdi. Kompaniya Hydrogenʼning ehtimoliy chiqarilish muddatlari va undan foydalanish shartlarini eʼlon qilmagan.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media