Sony Fairgame$ shuterining ishlab chiqilishini testdan soʻng toʻxtatdi
Sony Fairgames loyihasini eʼlon qilinganidan uch yil oʻtib bekor qildi. Bloomberg maʼlumotiga koʻra, Haven Studios xodimlari ishdan boʻshatilmaydi — studiya Sonyʼning boshqa jamoalarini qoʻllab-quvvatlaydi.

Qaror yaqinda oʻtkazilgan pleytestdan soʻng qabul qilindi. Bloomberg tanishgan ichki maktubda rahbarlar Sean Decker va John Doyle test operatsion jarayonlar, oʻyin ishga tushirilganidan keyingi qoʻllab-quvvatlash hamda hamjamiyat bilan oʻzaro aloqalar yaxshi yoʻlga qoʻyilganini koʻrsatganini maʼlum qilgan. Biroq oʻyinchilarning fikrlari va ularni oʻyinda ushlab qolish koʻrsatkichlari bir xil boʻlmagan hamda belgilangan maqsadlarga erishilmagan.
Qarorga PvP-shuterlar jan ridagi murakkab bozor sharoiti ham taʼsir koʻrsatdi. Fairgames taqdimotdan keyin bir necha bor qayta ishlangan. Oʻyin Assassinʼs Creed sobiq prodyuseri va Google Stadia Games and Entertainment rahbari Jade Raymond asos solgan Haven Studios studiyasining ilk loyihasi boʻlishi kerak edi. Keyinchalik u Havenʼdan ketdi, Sony esa studiyani sotib oldi.
Bekor qilinish Sonyʼning servis modeli asosidagi oʻyinlarga qilgan yirik tikishidagi navbatdagi muvaffaqiyatsizlik boʻldi. Kompaniya 2026 yilgacha kamida 10 ta shunday loyihani chiqarishni rejalashtirgan edi. Helldivers 2 va Gran Turismo 7 barqaror muvaffaqiyatga erishdi, biroq boshqa qator tashabbuslar relizgacha yopildi.
Buning eng koʻzga koʻringan misoli Concord boʻldi: oʻyin chiqarildi, biroq koʻp oʻtmay Sony uning ishlashini toʻxtatdi. The Last of Us asosidagi koʻp oʻyinchili loyiha va servis modeli asosidagi God of War oʻyini ham bekor qilindi. Shunga oʻxshash loyihalar ustida ishlagan London Studios, Firewalk Studios va Bluepoint Games studiyalari soʻnggi yillarda yopildi. Iyun oyida Destiny 2 oʻyinchilarning kutganlarini oqlamaganidan soʻng, Sony Bungieʼdagi Destiny jamoasining katta qismini qisqartirdi. Yaqinda xabar qilinganidek, Horizon Hunters Gathering oʻyinchilarning salbiy fikrlari sabab qayta ishga tushirish uchun keyinga qoldirildi.





