Honor Magic 9 Xitoyda 500 mingdan ortiq qurilma sotdi
Insayder Digital Chat Station maʼlumotiga koʻra, Honor Magic 9 liniyasi Xitoyda 500 mingdan ortiq sotilib, Android flagmanlari orasida yetakchiga aylandi.

Yaqin vaqt ichida Honor smartfonlar ranglar qatorini kengaytirmoqchi: liniya uchun qizil versiya tayyorlanmoqda. U mobil suratga olish uchun yangi toʻplam bilan birga taqdim etilishi mumkin.
Qurilmalar mashhurligini avvalroq Honor bosh direktori Li Tszyan ham tasdiqlagan. U 30-oktabr kungi strimda seriya Android flagmanlari orasida ketma-ket toʻrt hafta birinchi oʻrinni egallaganini aytdi.
Qatorga Magic 9, Magic 9 Pro Max va Magic 9 Super Edition modellari kiradi. Katta model 11 000 mA·soat sigʻimli akkumulyator va ichki ventilyator olgan. Bazaviy smartfonda 200 megapikselli ikkita kamera oʻrnatilgan. Magic 9 Pro Max seriyadagi eng qimmat model boʻldi; u ham 200 MP aniqlikdagi ikkita kamera bilan jihozlangan.





