Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
IT

Flesh & Wire uchun yangi qonli geympley treyleri chiqdi

Running With Scissors ishlab chiqqan psixologik horror-shuter talaba Endjelni tushlar olamiga olib kiradi; PC va PS5 relizi 2027-yilga rejalangan.

17-noyabr, 16:27По-русски

Read in English

3dnews.ru

Flesh & Wire — Postal seriyasining yangi spin-off loyihasi. Voqealar Endjelning xotiralari atrofdagi olam bilan qorishib ketadigan buzilgan reallikda kechadi. Qahramon tushlarning dahshatli olamida boʻladi va sfinks mushugi Solomon bilan birga qonun, harbiylar hamda sirli kultga qarshi turadi.

Syujetga koʻra, talaba qiz oʻzining original Postal bilan qanday bogʻliqligini aniqlashi va seriyaning bosh qahramoni Chuvakdan qasos olishga urinishi kerak. Treylerdan koʻrinishicha, Solomon Endjelning shunchaki hamrohi boʻlib qolmaydi: undan uloqtiriladigan qurol sifatida foydalanish va jumboqlarni yechishda qoʻllash mumkin boʻladi.

Oʻyin arsenalida qahramonning qobiliyatlarini kuchaytiradigan tarot kartalari ham paydo boʻladi. Ishlab chiquvchilar qurollar, gʻaybiy artefaktlar, yot kuchlar, grotesk tasavvurlar va bir-biridan farq qiladigan raqiblarni vaʼda qilmoqda. Lokatsiyalar ham xilma-xil boʻladi.

Rolikni muhokama qilgan foydalanuvchilar loyihada The Darkness dilogiyasi va F.E.A.R. shuteriga oʻxshashlikni koʻrishdi. Flesh & Wire PC uchun Steam va GOG orqali, shuningdek, PS5’da chiqadi. Oʻyin uchun rus tiliga matnli tarjima eʼlon qilingan.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media