Snapchat AI-assistentlar orqali AR-linzalar yaratishni ishga tushirdi
Snapchat Easy Lens CLIʼni ishga tushirdi: u Claude Code, Cursor va Codex AI-assistentlari orqali AR-linzalarni yaratish va nashr etish imkonini beradi.

Easy Lens CLI Easy Lens funksiyalarini dasturchilar odatlangan vositalarga olib keladi. Foydalanuvchi kerakli linzani oddiy soʻzlar bilan tasvirlaydi, assistent esa uni yaratish, prevyu tayyorlash, telefonda sinash, Snapchatʼda nashr etish va natijalarni kuzatishda yordam beradi.
Linzalar yaratish uchun 100 dan ortiq AR komponenti va 50 ta AI-asset generatori mavjud. Xizmat reyting jadvallariga ega Web Lens oʻyinlari, kamera effektlari va goʻzallik filtrlarini yaratish imkonini beradi. Snap maʼlumotiga koʻra, AI-assistent xatolarni tuzatishi va yangilangan versiyalarni telefonga yuborishi ham mumkin. Kompaniya taʼkidlashicha, toʻlaqonli oʻyin kod yozmasdan bir kun ichida gʻoyadan nashr etilgan linzagacha yetib borishi mumkin.
Vosita brauzer oʻyinlari ishlab chiquvchilari, AI-kontent mualliflari, agentliklar va brendlar uchun ham moʻljallangan. Ishlab chiquvchilar tayyor oʻyinlarini Snapchatʼga koʻchira oladi, agentliklar esa reklama videolari, rasmlar va boshqa materiallarni AR-tajribaga aylantira oladi. Linzalar Easy Lens ilovalarida yaratilgan linzalar kabi tekshiruv va moderatsiyadan oʻtadi. Lens+ Payouts dasturi ishtirokchilari toʻlov olishi mumkin; Snap oʻtgan oy uning ijodkorlariga 1,8 mln dollar toʻlagan. Easy Lens CLI Mac, Windows va Linuxʼda ishlaydi hamda Snapchat akkaunti boʻlsa, bepul taqdim etiladi.





