Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
IT

Heroes of Might & Magic III remeykining yopiq testi 18 noyabrda boshlanadi

Ubisoft Heroes of Might & Magic III remeyki treylerini chiqardi va kompyuterdagi yopiq test sanasini eʼlon qildi. U faqat Ubisoft Connectʼda oʻtkaziladi.

17-noyabr, 20:09По-русски

Read in English

3dnews.ru

Ishtirokchilar safiga qoʻshilish uchun Ubisoft saytida roʻyxatdan oʻtish mumkin. Kompaniya Ubisoft Connect tanlanganini texnik va operatsion sabablar bilan izohladi. Treylerda oʻyinchilar Erafiya armiyasiga qoʻshilishga chaqiriladi va foydalanuvchilarning fikr-mulohazalari loyiha uchun muhim ekani taʼkidlanadi.

Test versiyasi 1080p aniqlikda, sekundiga 60 kadr tezlikda ishga tushirish uchun moʻljallangan. Buning uchun Windows 11 (64 bit), 16 Gbayt tezkor xotira va SSDʼda 45 Gbayt boʻsh joy kerak boʻladi. Shuningdek, konfiguratsiyada Intel Core i5-10600K yoki AMD Ryzen 5 3600X protsessori, Nvidia GeForce RTX 3060 (8 Gbayt) yoxud AMD Radeon RX 6700 XT (12 Gbayt) videokartasi koʻrsatilgan.

Remeykni Ubisoftning Shanxay va Chengdu shahridagi studiyalari Snowdrop dvigatelida noldan yaratmoqda. Mualliflar oʻyinni izometrik ikki oʻlchamli formatdan erkin kamerali toʻlaqonli 3D formatga oʻtkazmoqda.

Reliz 2027 yilda kompyuterlar uchun Steam, EGS va Ubisoft Connect orqali, shuningdek PS5 hamda Xbox Series X va Sʼda kutilmoqda. Loyihaga ikkala qoʻshimcha, modlarni qoʻllab-quvvatlash, sakkiz kishilik multiplayer va rus tilidagi tarjimani kiritish vaʼda qilinmoqda.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media