Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Sunʼiy intellekt

Apex Compute GeForce, Radeon va Intel Arc uchun kadrlar generatorining beta-versiyasini chiqardi

Apex Compute Nvidia DLSS kadrlar generatoriga muqobil boʻlgan ANR Frame Generation dasturining beta-testini boshladi. U qator eski videokartalar va Steam Deckʼni qoʻllab-quvvatlaydi.

13-noyabr, 18:39По-русски

Read in English

3dnews.ru

Kadrlar generatori oʻyindagi harakatlarni ravonroq koʻrsatish uchun oraliq kadrlarni yaratadi. ANR FG beta-versiyasi DLSS Frame Generationʼni qoʻllab-quvvatlaydigan oʻyinlarga ulanish uchun OptiScalerʼdan foydalanadi. Beta-versiya hujjatlarida GeForce RTX 20-seriyasi va undan yangi modellar, GeForce GTX 16, Radeon RX 5000, 6000, 7000 va 9000 seriyalari, Intel Arc hamda Steam Deck sanab oʻtilgan.

Apex Compute tomonidan GeForce RTX 5090’da 4K aniqlik va 2× rejimida oʻtkazilgan sinovda bitta kadrni yaratish ANRʼda 1,01 ms, DLSS Frame Generationʼda esa 1,26 ms vaqt oldi. Shu taqqoslashda Apex generatori 214 MB videoxotiradan, Nvidia yechimi esa 562 MBʼdan foydalandi. Bu raqamlar bitta videokartada generatorning ishlash vaqtini koʻrsatadi. Taqqoslashda oʻyindagi boshqaruvning umumiy kechikishi oʻlchanmagan.

ANR Frame Generation Apex Neural Rendering toʻplamining foydalanish mumkin boʻlgan birinchi komponentiga aylandi. Aniqlikni oshirish va nurlarni rekonstruksiya qilish modullari hali oʻqitilmoqda. Apex Compute, shuningdek, toʻplamning dastlabki kodini ochish rejalari borligini maʼlum qildi.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media