Seagate maʼlumotlarni disklar va SSD oʻrtasida koʻchiruvchi FireCuda Forgeʼni taqdim etdi
Seagate FireCuda Forge tashqi xotirasini taqdim etdi: Alkemi platformasi koʻp ishlatiladigan maʼlumotlarni tezroq SSDʼga koʻchiradi.

FireCuda Forge kompaniyaning Alkemi platformasiga asoslangan ilk xotira qurilmasi boʻldi. Platforma mashinaviy oʻrganish yordamida joriy yuklamani hisobga olib, maʼlumotlarni qattiq disk va SSD oʻrtasida koʻchiradi. Vazifalar oʻzgarganda fayllar avtomatik qayta taqsimlanadi, biroq kompyuter uchun qurilma bitta disk boʻlib qoladi.
SSDʼni foydalanuvchining oʻzi tanlaydi: NVMe diski toʻplamga kirmaydi. Forge tarkibidagi qattiq disklarni mustaqil almashtirish mumkin. Seagate internet-doʻkonida 8 TB diskli variant $699, 20 TB diskli variant esa $899 turadi. SSDʼni alohida xarid qilish yechimning yakuniy narxini oshiradi.
Kompaniya tizim NASʼdagi SSD keshi bilan ishlashdan farq qilishini taʼkidlaydi. Bunday yechimlarda koʻp ishlatiladigan maʼlumotlar vaqtincha flesh-xotirada saqlanadi, Alkemi esa joriy vazifalarni hisobga olgan holda fayllarni ikki xotira qurilmasi oʻrtasida dinamik tarzda koʻchiradi.
Kamida Windows 11 yoki macOS 26 oʻrnatilgan kompyuterlarda FireCuda Forge maʼlumotlarni 2 500 MB/s gacha tezlikda oʻqish va 2 000 MB/s gacha tezlikda yozishni taʼminlaydi.





