LeBron James goʻyoki soxta reklama uchun ilovani sudga berdi
NBA afsonasi LeBron James PlayVision kompaniyasini Manxetten federal sudiga berdi. U Bron ilovasi uning ismi va obrazidan ruxsatsiz foydalanganini bildirdi.

Ish boʻyicha javobgarlar qatorida PlayVision asoschilari Mark Zogbi va kompaniya bosh direktori lavozimini egallab turgan Anish Gupta ham koʻrsatilgan. Y Combinator qoʻllab-quvvatlagan kompaniya sport tikishlari tahliliga ega ilovani ishlab chiqqan. PlayVision vakillari izoh soʻroviga javob bermadi.
Daʼvoda Bron nomi Jamesning laqabi bilan bogʻlash va u mahsulotga aloqador degan taassurot uygʻotish uchun tanlangani aytiladi. Bunga noyabr oyida basketbolchining sunʼiy intellekt yordamida yaratilgan versiyasi aks etgan reklama sabab boʻlgan: qahramon 23-raqamli mayka, Jamesnikiga oʻxshash tatuirovkalar va uning ovozi bilan namoyish etilgan. Videoda u boshqa NBA oʻyinchilariga qoʻyilgan stavkalarni koʻrib, tomoshabinlarni ilovada pul tikishga chaqirgan.
Jamesning taʼkidlashicha, reklama bir kunda bir million marta koʻrilgan. Daʼvoda uning obrazidan foydalanish tovar belgisiga boʻlgan huquqlarni buzish sifatida baholangan. Obrazdan foydalanishni toʻxtatish talabi bayon etilgan maktub yuborilgach, kompaniya videoni olib tashlagan, biroq keyin «yangi nom» haqida eʼlon qilib, uni taqdim etmagan. James ishni hakamlar hayʼati koʻrib chiqishini va miqdori koʻrsatilmagan pul kompensatsiyasini talab qilmoqda.





