Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Gadjetlar

Samsung Galaxy S26 uchun One UI 9.5 beta-testini 18 noyabrda boshlaydi

Insayder Tarun Vatsga koʻra, Samsung 18 noyabrda Hindistonda Galaxy S26 uchun One UI 9.5 beta-testini ochadi. Boshqa mamlakatlarda ham dastur shu kuni boshlanishi kutilmoqda.

19-noyabr, 06:32По-русски

Read in English

ixbt.com

Sinov uchun S948BXXU6ZZKN yigʻilmasi tayyorlandi. Bu qobiqning dastlabki versiyasi boʻlib, smartfon egalari barqaror yangilanish chiqarilishidan oldin yangi funksiyalar bilan tanishishiga imkon beradi.

One UI 9.5’da shisha dizayndagi interfeys va silliq animatsiyalar paydo boʻladi. Foydalanuvchilar ilovalarni barmoq izi bilan bloklash, messenjerlardagi qoʻngʻiroqlarni yozib olish va Tap to Share orqali tegizish bilan fayl almashish imkoniyatiga ham ega boʻladi.

Boshqa yangiliklar qatorida oʻtkazib yuborilgan xabarlar boʻyicha qisqa xulosalar, Memory AI sunʼiy intellekt qaydlari va eSIM boshqaruvining yaxshilanishi bor. Dastur 18 noyabrda Hindiston va boshqa mamlakatlarda mavjud boʻlishi kutilmoqda.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media