Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Gadjetlar

Meta namlik kirishi oqibatidagi qizib ketish sababli aqlli koʻzoynaklarini yangilaydi

Meta ichiga suv yoki ter kirganda kamdan-kam hollarda qizib ketishi mumkin boʻlgan aqlli koʻzoynaklar uchun yangilanishni tarqata boshladi. Agar koʻzoynaklar shu muammo sabab oʻchib qolsa, kompaniya ularni bepul almashtirishni taklif qiladi.

11-noyabr, 12:10По-русски

Read in English

engadget.com

130-versiya yangilanishi Meta Adventurer, Fury, Starfire, Nova va Capri modellari uchun moʻljallangan. Kompaniya bayonotiga koʻra, muammo Ray-Ban va Oakley koʻzoynaklariga taalluqli emas. Meta muammo qurilmalarning oz sonida aniqlanganini maʼlum qildi, biroq aniq miqdorni aytmadi.

Yangilanish qurilma haddan tashqari qizib ketganda himoya chorasi sifatida uni oʻchirib qoʻyish funksiyasini qoʻshadi. Bunday holatda egasiga Meta koʻmak xizmatiga murojaat qilib, koʻzoynakni almashtirish boʻyicha koʻrsatmalar berilgan bildirishnoma keladi.

Yangilanish mavjudligini Meta AI ilovasida «Sozlamalar» → «Koʻzoynaklar» → «Yangilanishlar» boʻlimlari orqali tekshirish mumkin. Yangi versiya bosqichma-bosqich tarqatilmoqda.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media