Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Sunʼiy intellekt

Sunʼiy intellekt timlid ishini qanday oʻzgartirmoqda va nega stekni chuqur bilish endi qadrlanmaydi

AviTalkʼning yangi sonida «Avito Uslugi» texnik unit rahbari Nikolay Provotorov sunʼiy intellekt timlidlar ishini qanday oʻzgartirayotgani va qaysi koʻnikmalar endi muhimroq ekani haqida soʻzladi.

26-noyabr, 16:03По-русски

Read in English

kod.ru

Provotorov IT sohasida 20 yildan ortiq ishlagan. U ketayotgan timlidning oʻrnini egallash taklifidan soʻng menejmentga oʻtdi, keyinchalik esa texnik direktor boʻldi. Hozir u «Avito»ning goʻzallik, salomatlik, taʼlim va tadbirlar yoʻnalishlariga javob beruvchi yuqori chastotali xizmatlar unitiga rahbarlik qiladi.

U Viktor Raev bilan muhandislar agentlar bilan birga ishlaydigan jamoalarni boshqarish masalasini muhokama qildi. Provotorovning aytishicha, sunʼiy intellekt paydo boʻlgach, odamlar zimmasidagi yuk oshgan, texnologik stekni chuqur bilish esa asosiy ustunlik boʻlishdan qolgan. Endi kengroq qarash va qaror qabul qila olish koʻproq qadrlanadi.

Son davomida innovatsiyalar uchun vaqt va resurslar — «boʻsh kaloriyalar», neyron tarmoq tayyorlagan keyslar asosidagi suhbatlar hamda ishga qabul qilishda qoʻllanadigan «pivo testi» ham koʻrib chiqiladi.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media