Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
IT

Noyob Pokémon kartalari endi PSA tomonidan baholash uchun qabul qilinmaydi

PSA 2026-yil 25-noyabrdan Mega Hyper Rare turkumidagi ingliz tilidagi kartalarni baholashni toʻxtatdi: ularning oltin folgasi hatto toʻgʻri saqlanganda ham yemirilishi mumkin.

27-noyabr, 14:58По-русски

Read in English

polygon.com

Qaror 2025-yilda chiqarilgan Mega Evolution seriyasidagi noyob golografik kartalarga taalluqli. Ularda Pokémon megaevolyutsiyalarining muqobil koʻrinishlari tasvirlangan, oltin qoplama esa kartaning old tomoniga surtilgan.

PSA maʼlumotlariga koʻra, ishlab chiqarishdagi nuqson vaqt oʻtishi bilan folganing rangsizlanishiga yoki unda yaqqol shikastlangan joylar paydo boʻlishiga olib kelishi mumkin. Xavf darajasi turlicha, biroq muayyan karta shikastlanadimi-yoʻqmi, buni oldindan aniqlab boʻlmaydi. Nuqson baholashdan keyin ham, jumladan toʻgʻri saqlangan va himoya kapsulasiga joylangan kartada ham namoyon boʻlishi mumkin.

PSA tomonidan avval berilgan baholar bekor qilinmaydi. Egalari kartalarni qayta tekshirtirish va kapsulasini almashtirish uchun yuborishlari mumkin. Yoʻlda boʻlgan yoki baholash uchun allaqachon topshirilgan nusxalar baho qoʻyilmagan holda qaytariladi, xizmat haqi esa bekor qilinadi.

Yaponiyaning Mega Ultra Rare kartalari hozircha qabul qilinmoqda: ular ishlab chiqarishda boshqa texnologiyalar yordamida chop etiladi va PSA oʻxshash nuqson alomatlarini aniqlamagan. Bu oʻzgarish narxlarga qanday taʼsir qilishi nomaʼlum: nuqsonli kartalar xato bartaraf etilguniga qadar qimmatlashishi yoki yapon nusxalari hamda allaqachon baholangan ingliz tilidagi kartalarga boʻlgan talab fonida keskin arzonlashishi mumkin.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media