Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
IT

Yangi GeForce drayveri qora ekranlarga sabab boʻlmoqda

GeForce Game Ready 621.40 oʻrnatilganidan soʻng RTX 50 egalari qora ekranlar, signal yoʻqolishi va tashqi monitorlar ishlashidagi nosozliklar haqida xabar bermoqda. Yangilanish SSDʼga maʼlumot yozish bilan bogʻliq muammoni tuzatishi kerak edi.

27-noyabr, 15:53По-русски

Read in English

ixbt.com

Nosozliklar DisplayPort, HDMI va USB-C ulanishlariga taʼsir qilmoqda. Ayrim foydalanuvchilarda monitor ulanganida aniqlanmaydi yoki uyqu rejimidan chiqmaydi. RTX 50 egalaridan biri tashqi ekran taxminan holatlarning yarmida paydo boʻlishini aytdi — uni qayta ishlatish uchun kabelni uzib-ulash yoki kompyuterni qayta yuklashga toʻgʻri keladi.

Muammolar bir nechta monitor ulangan tizimlarda ham yuzaga kelmoqda. DisplayPort — HDMI adapterlari orqali ulangan qoʻshimcha ekranlarda foydalanuvchilar rangli artefaktlarning qisqa chaqnashlarini kuzatmoqda. Ular videokarta bekor turish rejimida videoxotira chastotasini pasaytirganida paydo boʻladi. Shunga oʻxshash, ammo kamroq uchraydigan nosozliklar 621.14 va 621.24 drayverlarida ham qayd etilgan.

Foydalanuvchilar 621.40 versiyasidan voz kechib, GeForce Game Ready 617.42 ni oʻrnatishni tavsiya qilmoqda. Nashr mualliflari SSD va qora ekranlar bilan bogʻliq muammolar nuqtayi nazaridan bu versiyani RTX 40 va RTX 50 uchun eng barqaror deb hisoblaydi. Drayverni oʻchirish uchun Windowsʼning xavfsiz rejimida Display Driver Uninstaller dasturidan foydalanish tavsiya etiladi.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media