Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Sunʼiy intellekt

OpenAI billingidagi xato koʻpchilik foydalanuvchilar limitlariga tezroq yetkazadi

OpenAI billingidagi xato GPT-6.2 Astra va Sol narxini vaqtincha pasaytirdi. Endi koʻpchilik foydalanuvchilar limitlariga mos ravishda 40 va 25 foiz tezroq yetadi, dedi Codex rahbari Tibo Sottio.

27-noyabr, 18:08По-русски

Read in English

businessinsider.com

Sottio aniqlik kiritishicha, xato tuzatilgach, OpenAI allaqachon bajarilgan soʻrovlar qiymatidagi farq uchun foydalanuvchilarga ortga qarab hisob-faktura yubormaydi. Har ikki rejim 17-noyabrda ishga tushirilgan.

OpenAI taʼrifiga koʻra, Astra eng murakkab vazifalar uchun moʻljallangan, arzonroq Sol esa kundalik ishlar uchun xizmat qiladi. Limitlar model oladigan va chiqaradigan maʼlumot birliklari — tokenlarda hisoblanadi. Vazifa qanchalik murakkab boʻlsa, u shunchalik koʻp hisoblash ishlarini va tokenlarni talab qiladi.

Kompensatsiya sifatida OpenAI Go, Plus, Pro va Business pullik rejalaridan foydalanuvchilarning har biriga limitni qayta tiklash uchun bittadan saqlangan reset qoʻshadi. U foydalanish mumkin boʻlgan hajmni muddatidan oldin tiklash imkonini beradi.

Iyun oyida Codexʼning ayrim foydalanuvchilari limitlarga tezroq erishilayotganidan shikoyat qilgan edi. Oʻshanda kompaniya maxsus ishchi guruh tuzib, xizmat rejalashtirilganidan koʻproq yashirin operatsiyalarni bajarganini aniqladi. Shu sababli u qoʻshimcha hisoblash resurslarini sarflagan.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media