Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Sunʼiy intellekt

Yandex yetkazib berishida odamga oʻxshash robotlar ishlay boshlaydi

Yandex yil oxirigacha toʻrtta manzilda odamga oʻxshash robotlar orqali yetkazib berishni sinashni rejalashtirmoqda. Ular binolarda roverlar bilan birga ishlashi mumkin.

27-noyabr, 18:28По-русски

Read in English

3dnews.ru

IT bozori­dagi ikki manbaga koʻra, Yandex odamga oʻxshash robotlar yordamida yetkazib berish boʻyicha pilot loyiha tayyorlamoqda. Roverlar buyurtmalarni binolar kirishigacha olib keladi, gumanoidlar esa ularni ichkarida oluvchilarga topshiradi. Loyiha roverlar yenga olmaydigan zinapoya va ostonalar muammosini hal qilishi kerak. Kompaniya matbuot xizmati faqat robotlardan xodimlarning ish joylarigacha buyurtma yetkazishni sinashayotganini tasdiqladi va keyingi rejalar haqida keyinroq maʼlumot berishini bildirdi.

Yandex taqdim etgan gumanoidning apparat asosi Xitoyda ishlab chiqarilgan Unitree G1 boʻlib, uni Leshy OS operatsion tizimi boshqaradi. Ekspertlar boʻlajak ishga tushirishni toʻlaqonli tijoriy loyiha emas, jismoniy sunʼiy intellekt texnologiyalarini sinab koʻrish deb hisoblamoqda.

Mutaxassislar bahosiga koʻra, zamonaviy robotlar vazifalarni taxminan 90 foiz holatda toʻgʻri bajaradi, qolgan holatlarda esa oldindan aytib boʻlmaydigan tarzda harakat qilishi mumkin. Unitree G1 ning bir qoʻlining yuk koʻtarish qobiliyati 1,5 kg dan oshmaydi. Bundan tashqari, gumanoidlar hozircha kuryerlar va roverlardan qimmatroqqa tushadi, shu sababli muntazam yetkazib berishgacha ular sinov bosqichidan oʻtishi kerak.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media