Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Avto

Android Autoʻdagi yangi Gemini bilan nimalar qilish mumkin

Google Android Autoʻda Assistant oʻrnini Gemini bilan almashtirmoqda. Ayrim avtomobillarda yangilanish hali paydo boʻlmagan, ammo u yaqin vaqt ichida kelishi kerak.

27-noyabr, 19:27По-русски

Read in English

wired.com

Yangilangandan soʻng ekranda odatiy mikrofon oʻrnida tovush toʻlqini yonida yulduzcha koʻrinishidagi belgi paydo boʻladi.

Gemini navigatsiya boʻyicha murakkab soʻrovlarni tushunadi: masalan, avtomobilda xizmat koʻrsatadigan ochiq kafeni topadi, keyin esa uning yopilish vaqti yoki safar vaqtini aniqlashtiradi. U yoʻnalish va manzil haqidagi savollarga ham javob beradi, biroq faqat Google Maps maʼlumotlaridan foydalanadi va javobni bilmasa, buni tan oladi.

Assistent soʻnggi xabarni oʻqib beradi, unga javob yozishga yordam beradi, shuningdek, guruh chatini yoki oʻqilmagan xabarlarni qisqacha bayon qiladi. Google Messages, Google Chat va WhatsApp qoʻllab-quvvatlanadi. Musiqa, podkast, radio va audiokitob ilovalarida ijroni boshqarish, ijrochilar, albomlar va pleylistlarni qoʻyish mumkin. Xizmatlar orasida YouTube Music va Spotify ham bor.

Safar davomida Gemini biror mavzuni tushuntirishi, suhbatga tayyorlanishga yordam berishi, taom oʻylab topishi yoki bilimni sinashi mumkin. Bunda u suhbat kontekstini saqlaydi va uni boshqa qurilmalardagi ilova bilan sinxronlashtiradi. Shuningdek, kerakli joy uchun prognozlarni koʻrish va manzildagi ob-havo haqida savollar berish ham mumkin.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media