Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media
Avto

Yangi Bentley faralari kitobni 1 kmgacha yoritishi mumkin

Bentley Torcal elektromobili uchun yangi yoritish yechimlarini taqdim etdi: kompaniya uning faralari kitobni 1 kmgacha yoritishi mumkinligini aytdi.

27-noyabr, 20:31По-русски
auto.mail.ru

Torcalʼning old qismi qoʻlda yoʻnilgan 76 ta rombsimon elementdan iborat radiator panjarasi bilan bezatilgan. Qorongʻida u 260 000 dan ortiq lazer mikroteshiklari ortiga oʻrnatilgan 202 ta LED yordamida yoritiladi. Kunduzi konstruksiya metall yuzadek koʻrinadi, shaffof qalpoqchalari esa kir va kondensatdan himoyalangan. Xaridorlarga panjaraning ikki varianti, jumladan, metall rangli elementlarga ega Bright Pack taklif etiladi.

Har bir faraga 16 000 pikselga ega vertikal Micro LED proyektorlari, shuningdek, yaqinni va uzoqni yoritish modullari oʻrnatilgan. Yuqori proyektor yoritiladigan hududni kengaytiradi, pastkisi esa tor nur hosil qiladi. Tizim koʻrishni yaxshilash va qarama-qarshi yoʻnalishdagi haydovchilarni koʻr qilib qoʻyish xavfini kamaytirish uchun yorugʻlikni qayta taqsimlaydi.

Torcal panjarasi Continental T modelidan ilhomlangan. Bentley dizayn rahbari Robin Peyjning soʻzlariga koʻra, muhandislar brendning yangi, oson taniladigan «qiyofasi»ni yaratishga intilgan. Konstruksiya ishqalanish va shagʻal zarbalariga chidamlilik boʻyicha sinovdan oʻtkazilgan.

Reklama
Biznesingiz uchun Telegram’da reklama · TCA Media