Drupal hujumlarda qoʻllanayotgan, saytlarni egallashga imkon beruvchi yangi zaiflikdan ogohlantirdi
Drupal CVE-2026-136716 zaif saytlarni egallashga imkon berishini maʼlum qildi. Zaiflik hujumlarda qoʻllanmoqda, administratorlarga yangilanishni oʻrnatish tavsiya etildi.

Muammo oʻrnatish holati noodatiy yoki tugallanmagan, jumladan ishlayotgan loyihalar boʻlgan saytlarga taalluqli. Zaif holatni interfeys orqali aniqlab boʻlmaydi, allaqachon buzilgan sayt esa zaif sifatida koʻrinmay qolishi mumkin.
Xavf Drupal oʻrnatuvchisidan tashqaridan foydalanish mumkinligi bilan bogʻliq. Xavfsizlik jamoasi ogohlantirdi: avvalgi tuzatishdan keyin oʻrnatuvchi masofadan foydalanish uchun ochiq qolgan boʻlsa, sayt buzilgan boʻlishi mumkin. Hujum tafsilotlari hozircha oshkor etilmagan.
Administratorlarga 1-raqamli foydalanuvchining elektron pochta manzilini nazorat qilishlarini tekshirish va zarur boʻlsa, uni qayta tiklash tavsiya etiladi. Shuningdek, sayt jurnallarini oʻrganib, ruxsatsiz kirishlar va ushbu hisob qaydnomasi bilan bogʻliq kutilmagan oʻzgarishlarga eʼtibor berish kerak.
Agar Drupalʼni darhol yangilashning imkoni boʻlmasa, /core/install.php fayliga kirishni veb-server sozlamalarida yoki saytning ildiz katalogidagi .htaccess faylida yopish kerak. Tuzatishlar Drupal 10.6.23, 11.3.23 va 11.4.14 versiyalarida mavjud.





